O'zbekiston

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

 

Rossiyaning Omsk shahrida qurilayotgan binoda yuz bergan yong‘in oqibatida jarohatlangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov 16-avgust kuni Omsk shahridagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasiga borib, 15-avgust kuni “Kvartali Dravert” hududida yuz bergan yong‘inda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarining holidan xabar olgan.

 

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, I. Z. kuyish jarohatlari sabab reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir bo‘lib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

 

Ikkinchi fuqaro — O. E. ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. Uning ahvoli ham og‘ir deb baholanmoqda.

 

Ayni paytda rossiyalik shifokorlar moskvalik mutaxassislar bilan videokonferensiya orqali tibbiy konsilium o‘tkazib, jabrlanganlarning davolanish jarayonini muvofiqlashtirmoqda.

 

Mazkur holat O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.