O'zbekiston

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

 

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillari Turkiyaning Balikesir shahrida Balikesir jurnalistlar jamiyati tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

 

   

 

Marosimda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida media sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, Balikesir jurnalistlar jamiyati rahbariyati va a’zolarini yubiley sana bilan tabrikladi.

 

Tadbir doirasida Balikesir jurnalistlar jamiyati raisi Semra Aman Akyurek bilan uchrashuv o‘tkazilib, jurnalistika va media sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

     

 

Uchrashuv yakunida Balikesir jurnalistlar jamiyati hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Hamkorlik doirasida jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma o‘quvlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Buxoro va Balikesir shaharlarida mediaforumlar, seminar-treninglar, mahorat darslari hamda onlayn ta’lim dasturlarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

     

 

Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini, shuningdek, tarix, madaniyat, adabiyot, turizm, iqtisodiyot va gumanitar aloqalarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga qaratilgan qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

 

     

 

Kelgusida jurnalistika etikasi, ishonchli va xolis axborot tarqatish, faktlarni tekshirish, media savodxonlikni oshirish hamda dezinformatsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida ham hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.