Jahon

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida imzolangan Makka mudofaa kelishuvini Yaqin Sharq davlatlarining birlashuvi va mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi. Bu haqda u Truth Socialdagi sahifasida yozib qoldirgan.

 

Tramp Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston rahbariyatini kelishuv imzolangani bilan tabriklab, uning Yaqin Sharq davlatlari o‘zini yanada samarali himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

 

Makka kelishuvi 7-avgust kuni Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya tomonidan imzolangan. Hujjatga ko‘ra, ishtirokchi davlatlardan biriga uyushtirilgan qurolli hujum barcha tomonlarga qarshi tajovuz sifatida baholanadi. Shuningdek, razvedka ma’lumotlari almashish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida hamkorlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kelishuv mexanizmini NATOning jamoaviy mudofaani nazarda tutuvchi 5-moddasiga qiyoslagan.

 

Shuningdek, ayrim xabarlarga ko‘ra, kelgusida mintaqadagi boshqa davlatlar, jumladan, Misrning ham mazkur kelishuvga qo‘shilishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.