O'zbekiston

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi Urganch xalqaro aeroportidagi bunyodkorlik va rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshlandi.

 

Bugungi kunda Xorazmga kelayotgan sayyohlar va xorijiy mehmonlar oqimining ortib borayotgani aeroport infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishni taqozo etmoqda.

 

Urganch xalqaro aeroportini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasiga 264 million dollar investitsiya yo‘naltirilgan. Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Uning xususiy hamkori sifatida Janubiy Koreyaning “Incheon International Airport Corporation” kompaniyasi jalb etilgan.

 

Rekonstruksiya doirasida aeroportda “Boeing 747” va “Airbus A350” kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu Xorazmga dunyoning turli qit’alaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoq masofali aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

 

Loyihaning birinchi bosqichida 18 ta havo kemasi turargohi va yangi burilish yo‘lagi barpo etiladi. Shuningdek, zamonaviy chegara nazorati va viza bo‘limlari, biznes-zal, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot punkti hamda “Duty Free” zonasi tashkil etiladi.

 

Loyiha yakunlangach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha oshiriladi.

 

Prezident aeroportning modernizatsiyasi Xorazmning turistik salohiyatini yanada oshirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va hududda yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun zarur infratuzilmani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.