O'zbekiston

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Mazkur muassasada mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim jarayonida ish beruvchilar ehtiyoji, ilg‘or xorijiy tajriba va dual ta’lim tizimi uyg‘unlashtirilgan.

 

Texnikumni tashkil etish uchun davlat budjetidan 72,4 milliard so‘m ajratilgan. 5,2 gektar maydonda 1 ming 100 o‘ringa mo‘ljallangan ikkita o‘quv binosi, 300 o‘rinli yotoqxona, sport zali, 200 o‘rinli oshxona va zamonaviy jihozlangan o‘quv ustaxonalari barpo etilgan.

 

Bu yerda Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilg‘or ta’lim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2026–2027-o‘quv yili uchun 11 ta kasb yo‘nalishiga 200 nafar iqtidorli yosh imtihon asosida saralangan.

 

Ta’lim ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etilib, yoshlarning egallagan kasbi bo‘yicha bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.

 

Texnikum nafaqat o‘z o‘quvchilari, balki viloyatdagi boshqa kasbiy ta’lim muassasalari uchun ham amaliy baza vazifasini bajarmoqda. Hozirda hududdagi ta’lim muassasalarining qariyb 4 ming 300 nafar o‘quvchisi mazkur majmuaning ustaxona va laboratoriyalarida amaliyot o‘tamoqda.

 

Davlatimiz rahbari Kasblar shaharchasida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Bu yerda yoshlarning qiziqish va qobiliyatini erta aniqlash, ularni kasbga yo‘naltirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan.

 

Shaharchada “O‘zing yasab ko‘r” tamoyili asosida transport va logistika, sanoat va qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi hamda “yashil” energetika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

 

Prezident yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasblarga sifatli tayyorlash, ta’lim dasturlarini ish beruvchilar ehtiyojiga moslashtirish va Xorazmdagi ilg‘or tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.