O'zbekiston

Andijonda YPXdan qochishga uringan Onix haydovchisi YTHga uchradi

Qochish vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil do‘konga urilgan.

Andijonda YPXdan qochishga uringan Onix haydovchisi YTHga uchradi

 

Andijon shahrida tegishli hujjatlarsiz Onix boshqargan haydovchi YPX xodimining to‘xtash talabiga bo‘ysunmay, qochishga uringan. Harakat davomida u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi do‘konga borib urilgan. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hodisa 17-avgust kuni soat 01:10 atrofida Mashrab ko‘chasida sodir bo‘lgan. YPX xodimlari Onix haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u qonuniy talabni bajarmasdan Lomonosov ko‘chasi tomon harakatini davom ettirgan.

 

Shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobilni yo‘l chetidagi do‘konga urgan.

 

Tekshiruv davomida 1999-yilda tug‘ilgan U. M. avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan. Shuningdek, transport vositasiga nisbatan muddati o‘tgan 10 million so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjudligi ma’lum bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan haydovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi hamda 194-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, biroq avtomobilga texnik shikast yetgan. Hozirda holat yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.