O'zbekiston

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznes vakillariga nisbatan qo‘llanayotgan nazorat va ma’muriy choralarni yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

 

Hozirda mamlakatda 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimalardan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘sha tashkilot ixtiyorida qolayotgani tanqid qilindi. Bu esa nazoratni profilaktikadan ko‘ra jarima undirishga yo‘naltiruvchi noto‘g‘ri yondashuvni yuzaga keltirayotgani qayd etildi.

 

“Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak”, — dedi Prezidentimiz.

 

Shu munosabat bilan barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha ikki barobarga kamaytiriladi.

 

Shuningdek, davlat korxonalari tomonidan xarid qilingan tovarlar bo‘yicha tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi.

 

Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” tamoyili amal qiladi.

 

Unga ko‘ra, tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi. Shunga ko‘ra, aybi sud orqali tasdiqlanmaguncha tadbirkorga jarima yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanmaydi.

 

Bundan tashqari, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi.

 

Birinchi marta qoidabuzarlik sodir etgan, biroq odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.

 

Sud jarayonlarida ham tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Xususan, nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi.

 

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Ekspert kengashining vakolatlari kengaytiriladi. Endilikda kengashga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.