Jahon

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha ikki ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda TASS Netanyaxu idorasiga tayanib ma’lum qildi.

 

Quddusda AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda G‘azoni demilitarizatsiya qilish va hududdagi gumanitar vaziyatni yaxshilash masalalari muhokama qilingan.

 

Birinchi ishchi guruh G‘azoni qurolsizlantirish va demilitarizatsiya qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Tomonlar anklavda qayta qurish ishlari boshlanishidan avval demilitarizatsiya jarayoni yakunlanishi kerakligini ta’kidlagan.

 

Ikkinchi guruh esa sanitariya, toza suv ta’minoti va G‘azo aholisining boshqa sog‘liqni saqlash ehtiyojlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratadi.

 

Isroil tomoni G‘azoni qayta tiklash jarayonining boshlanishi uchun Hamasning qurollarini topshirishini talab qilmoqda. Bu jarayon AQSh nazorati ostida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani aytilmoqda.

 

Avvalroq Netanyaxu Tinchlik Kengashining G‘azo bo‘yicha 15 banddan iborat rejasini rad etishi va Hamas to‘liq qurolsizlantirilmaguncha Isroil qo‘shinlarini hududdan olib chiqmasligini bildirgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi | Zamon.uz