Jahon

Imron Xon sog‘lig‘i sabab qamoqxonadan kasalxonaga o‘tkazildi

Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazirni navbatdagi sud majlisigacha tibbiy ko‘rik va davolanish uchun kasalxonaga yuborish haqida qaror qabul qildi.

Imron Xon sog‘lig‘i sabab qamoqxonadan kasalxonaga o‘tkazildi

 

Pokiston Oliy sudi korrupsiya ayblovi bilan qamoq jazosini o‘tayotgan sobiq bosh vazir Imron Xonni sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab kasalxonaga o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Geo tv xabar berdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Imron Xon navbatdagi sud majlisigacha tibbiy ko‘rik va davolanish uchun Shifa kasalxonasiga yuboriladi. Shuningdek, sud tegishli idoralarga siyosatchining to‘liq tibbiy ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

 

Sud muxolifatdagi Adolat uchun harakat partiyasidan sobiq bosh vazirning sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalani siyosiylashtirmaslikni ham so‘ragan.

 

Avvalroq, fevral oyida Imron Xonning advokatlari uning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli qamoqdan ozod etilishini so‘rab sudga murojaat qilgan edi. Xususan, qon quyqasi uning o‘ng ko‘zidagi ko‘rish qobiliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgani bildirilgan.

 

Advokatlar, shuningdek, 2025-yil dekabrida chiqarilgan hukm ijrosini to‘xtatishni so‘ragan. Ushbu hukmga ko‘ra, Imron Xon davlat aktivlari — zargarlik buyumlari va qimmatbaho soatlar qiymatini ataylab kamaytirib ko‘rsatish bilan bog‘liq korruptsiya ishi bo‘yicha 17 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Imron Xon 2018–2022-yillarda Pokiston bosh vaziri lavozimida ishlagan. U 2022-yil 10-aprelda parlamentdagi ishonchsizlik votumidan so‘ng lavozimidan chetlatilgan.

 

Uning rafiqasi Bushra Bibi ham shu ish doirasida yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.