O'zbekiston

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabulning yakuniy natijalari e’lon qilindi.

 

18-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilda 209,1 ming nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan.

 

Shundan 52,8 ming nafari davlat granti, 156,3 ming nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan. Shuningdek, belgilangan imtiyozlar asosida alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida yana 20,5 ming nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.

 

Bu yil davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa 93,7 ballni tashkil etdi.

 

Taqqoslash uchun, 2025/2026-o‘quv yilida o‘rtacha o‘tish ballari grant bo‘yicha 121,8 ball, kontrakt bo‘yicha 84,9 ball bo‘lgan. Shu tariqa, bir yil davomida grant bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 12,8 ballga, kontrakt bo‘yicha esa 8,8 ballga oshgan.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda abituriyentlar eng ko‘p tanlagan oliy ta’lim muassasalari qatoridan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti joy oldi.

 

Ta’lim yo‘nalishlari orasida esa eng yuqori qiziqish «Davolash ishi», «Iqtisodiyot» hamda «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» yo‘nalishlariga kuzatilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.