O'zbekiston

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot yakunida mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

 

“Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur”, — dedi davlat rahbari.

 

Qayd etilganidek, joriy yilda yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksport hajmini esa 40 milliard dollardan oshirish maqsad qilingan.

 

Bu borada tadbirkorlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirish va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

 

Hududlarning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, yangi o‘sish nuqtalari shakllantiriladi. Jumladan:

  • Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes;

  • Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik va mashinasozlik;

  • Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari;

  • Navoiy va Toshkent viloyatlarida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo;

  • Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat hamda neft-gaz kimyosi;

  • Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt;

  • Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.

 

Davlatimiz rahbari hududlarda aynan shu yo‘nalishlar bo‘yicha uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish, ishlab chiqarish va eksportni ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi.

 

“Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!” — dedi Prezident.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.