O'zbekiston

O‘zbekistonda 27 milliard dollarlik 105 ta yirik loyiha boshlanadi

Jizzaxdagi AES, Olmaliqdagi to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, Yangi Toshkent aeroporti va yangi avtomobil yo‘llari — mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar qatorida.

O‘zbekistonda 27 milliard dollarlik 105 ta yirik loyiha boshlanadi

 

Mamlakatda iqtisodiy o‘sishni yangi bosqichga olib chiqish, sanoat va infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladigan yirik investitsiya loyihalari izchil amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, shuningdek “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari qurilmoqda.

 

Hududlarda ham strategik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona majmuasi, Yuqori Chirchiqda esa Yangi Toshkent xalqaro aeroporti bunyod etilmoqda.

 

Joriy yilda umumiy qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasini boshlash rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida jami 3 million nafar aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Mazkur loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmatlari bilan ishtirok etishni istagan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoitlar yaratib beriladi.

 

Transport-logistika sohasida ham tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar kengaytirilmoqda. Xususan, yuk avtomobillarini import qilishda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini nol foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Kelgusi yilda Gruziyaning Poti portida yillik quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi. Anakliya porti loyihasi bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi.

 

Bundan tashqari, Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobod shaharlarida yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi.

 

Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazini ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Ushbu markazlar orqali mamlakatga 20–25 milliard dollar miqdorida kapital, shuningdek yangi bilim, ilg‘or texnologiyalar va xalqaro tajribani jalb etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.