O'zbekiston

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar liftlari uchun yangi talablar belgilandi

Tegishli o‘zgartirishlar uch oydan keyin kuchga kiradi.

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar liftlari uchun yangi talablar belgilandi

 

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylardagi liftlarni ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish tartibiga yangi talablar kiritildi. Tegishli o‘zgartirishlar Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi qoidalar uch oy o‘tib kuchga kiradi.

 

Unga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlari liftlarning butun xizmat muddati davomida uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlashi shart. Liftlar faoliyati ustidan dispetcherlik nazorati ham yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, lift kabinalari operator bilan ikki tomonlama ovozli aloqa imkonini beruvchi vizual va ovozli signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak. Shaxta, mashina xonasi va blok eshiklarining ochilishi hamda yopilishini ko‘rsatuvchi vizual signalizatsiya tizimlari ham bo‘lishi talab etiladi.

 

Har bir lift kabinasida uning yuk ko‘tarish quvvati va yo‘lovchilarning ruxsat etilgan soni, “Xavfsiz lift” elektron platformasidagi ro‘yxatga olish raqami, davriy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar hamda liftga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki avariya xizmatining telefon raqami ko‘rsatilishi lozim.

 

O‘zgartirishlar ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish joylariga oid ayrim talablarni ham yangilaydi. Jumladan, kirish yo‘laklari va zinapoyalarni haftasiga kamida bir marta tozalash talabi saqlab qolinadi, ularni oyiga kamida bir marta, jumladan devorlarni tozalash bo‘yicha alohida talab esa bekor qilinadi.

 

Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylarning kirish joylariga sovutish va isitish moslamalari, jumladan split tizimlar o‘rnatish taqiqlanadi. Balkon va lodjiyalarning ichki qismiga bunday qurilmalarni o‘rnatishga esa binoning tashqi ko‘rinishiga zarar yetkazilmagan taqdirda ruxsat beriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.