O'zbekiston

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Unda ilk bor tumanlardagi studiyalardan 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

 

Davlat rahbari yurt iqtisodiy qudratini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

 

Ochiq muloqotlar an’anasi boshlanganidan buyon tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan minglab masalalarga yechim topildi. Shu davrda biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

 

Prezident bu islohotlarning asosiy maqsadi tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish va aholini mahallasining o‘zida daromadli faoliyatga jalb etish ekanini ta’kidladi.

 

So‘nggi besh yilda biznesga ajratilgan kreditlar portfeli qariyb 3 baravar oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Shuningdek, biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi.

 

Davlat rahbari bugungi tadbirkorlar faoliyatida yangi bosqich shakllanayotganini qayd etdi:

“Biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti.

 

Besh yil davomida korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyalari 3 baravar ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoat ishlab chiqarishi 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga ko‘paydi.

 

Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarining rivojlanishi natijasida xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mdan oshgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar soni esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda.

 

Mahallada faoliyatini boshlagan va keyinchalik mamlakat bo‘ylab o‘nlab filiallar tashkil etgan tadbirkorlar soni 550 tadan, o‘z milliy brendini yaratgan biznes vakillari esa 300 tadan oshdi.

 

Xomashyo bazasining kengayishi hisobiga elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratildi. Elektromobillar, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika hamda zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar ham jadal rivojlanmoqda.

 

“BYD”, “ADM Jizzakh” va “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobilsozlik korxonalarining ishga tushirilishi esa mamlakat sanoatiga yangi texnologiyalar va kompetensiyalar olib kirayotgan yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident | Zamon.uz