O'zbekiston

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda kichik biznes vakillari uchun muhim bo‘lgan garov ta’minoti masalasini yengillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, biznesning haqiqiy qiymatini baholash asosida kredit ajratish imkonini beradigan “kontr-kafolat” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur tizim doirasida 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun garov ta’minotining 30 foizini davlat, yana 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini esa banklar o‘z zimmasiga oladi. Natijada tadbirkorning o‘zidan garovning atigi 25 foizini ta’minlash talab etiladi.

 

Shuningdek, tadbirkorlarga soliq masalalarida ko‘maklashadigan “Virtual soliq maslahatchisi” ishga tushirildi. Kelasi yildan boshlab sun’iy intellekt yordamchilari qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlari sohalarida ham joriy etiladi.

 

Ochiq muloqotda hududlarda mavjud bo‘sh imkoniyatlardan samarali foydalanish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Davlat rahbari minglab gektar bo‘sh yer maydonlari va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat ular asosida yangi loyihalar amalga oshirilib, ish o‘rinlari yaratilsa va eksport ta’minlansa, haqiqiy iqtisodiy qiymat yaratishini ta’kidladi.

 

Shu maqsadda davlat aktivlarini sotib olish shartlari ham yengillashtiriladi. Xususan, avans to‘lovi 30 foizdan 15 foizga tushiriladi. Aktiv qiymatini olti oy ichida to‘liq to‘lagan tadbirkorlarga 25 foiz chegirma beriladi.

 

Shuningdek, xarid qiymatining 50 foizini to‘lagan tadbirkor qolgan summani 7 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.

 

Uch oy davomida sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi. Auksionlarni o‘tkazish muddati esa ikki barobar qisqartiriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.