O'zbekiston

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznes yuritish uchun zarur davlat xizmatlari va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo‘yicha yangi choralarni belgiladi.

 

Endilikda tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Ya’ni tadbirkorning arizasi belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan deb hisoblanadi.

 

Litsenziya olish bo‘yicha rad etilgan har bir ariza Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganib chiqiladi. Asossiz ravishda rad etganlik uchun mas’ul shaxslarning javobgarligi kuchaytiriladi.

 

Shuningdek, tadbirkorlar uchun ortiqcha ma’muriy to‘siqlar qisqartiriladi. Yaqin vaqt ichida 30 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Yana 35 ta litsenziya va ruxsatnomani olish muddati 2–3 barobarga qisqartiriladi.

 

Bundan tashqari, 10 ta ruxsat berish tartibi xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishda ham hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtiriladi. Veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalari o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” joriy etiladi.

 

Yangi litsenziya yoki ruxsatnoma talabini joriy etishdan avval esa uning amaliy samaradorligi uchta hududda olti oy davomida eksperiment tariqasida sinovdan o‘tkaziladi.

 

Muloqotda tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yilishi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘pligi ham qayd etildi. Mazkur masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o‘tkazilib, ularning tizimli yechimlari ishlab chiqiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.