O'zbekiston

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ishchi guruhi Toshkent issiqlik elektr stansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

 

O‘rganish davomida stansiyaning asosiy uskunalari texnik holati, isitish mavsumida korxonaning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, chang-gaz tozalash va filtrlash tizimlarining holati hamda ulardan foydalanish samaradorligi ko‘rib chiqildi.

 

Mutaxassislar tomonidan mavjud tozalash tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali tozalash samaradorligini oshirish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, 9 va 10-energobloklarda yangi filtrlash uskunalarini qurish jarayoni ham ko‘zdan kechirildi.

 

Ishchi guruh stansiyada ekologik talablarga rioya etilishi, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik xavflarning oldini olish hamda ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rgandi.

 

O‘rganish yakunida mas’ul mutaxassislarga mavjud tozalash tizimlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, uskunalarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ularni modernizatsiya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 

Qayd etilganidek, bunday profilaktik tadbirlar sanoat korxonalarining ekologik xavfsizligini mustahkamlash, atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik xavflarning oldini olishga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.