O'zbekiston

Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanmoqda — Prezident

Xorazmga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanmoqda — Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda so‘nggi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi.

 

Qayd etilganidek, qisqa davrda viloyat iqtisodiyotiga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Hududda “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi.

 

Tuproqqal’a va Yangiariq tumanlarida umumiy quvvati 275 megavatt bo‘lgan elektr stansiyalari barpo etilib, sanoat korxonalarining barqaror energiya ta’minotiga xizmat qilmoqda.

 

Bugungi kunda Xorazm iqtisodiyotining 72 foizi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi esa 81 foizga yetib, viloyat bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada birinchi o‘ringa chiqdi.

 

Transport infratuzilmasi ham sezilarli darajada rivojlandi. Haftalik aviareyslar soni 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari esa 8 tadan 41 taga oshdi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li foydalanishga topshirilmoqda.

 

Turizm sohasida ham yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. 25 gektar maydonda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi. Tadbirkorlar tomonidan jami 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uyi tashkil qilindi.

 

Joriy yilda Xorazmga 3 million nafar xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etilishi rejalashtirilgan.

 

“Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda”, — dedi Prezident.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.