O'zbekiston

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosida biznesni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, birinchi yo‘nalish tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlashdan iborat.

 

So‘nggi yillarda banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshgan. Joriy yilning birinchi yarim yilligida kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun 76,5 trillion so‘m resurs ajratilgan.

 

Tadbirkorlarning kredit olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida yaqinda “Kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushirildi. Endilikda tadbirkor bitta ariza topshiradi va banklar uning loyihasi uchun o‘zaro raqobat qiladi.

 

Shuningdek, faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

 

Endilikda biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit qo‘llab-quvvatlash ekotizimi shakllantiriladi. Shu doirada:

  • yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”;

  • ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”;

  • yangi o‘sish bosqichiga chiqayotgan biznes vakillari uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.

 

“Biznes start” dasturi orqali yangi tadbirkorlar sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda biznes loyiha tayyorlash, kredit hujjatlarini rasmiylashtirish va hisobotlarni yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

 

Mazkur maqsadlarga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Dastur doirasida tadbirkorlarga tayyor biznes-rejalar hamda 200 million so‘mgacha garovsiz kredit taqdim etiladi.

 

“Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qo‘llab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz”, — dedi davlat rahbari.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.