Jahon

AQSH Eronni “bo‘g‘ib qo‘yish” taktikasini tanladi — CNN

Tramp Eron bilan muzokaralarni to‘xtatib, yangi strategiyaga o‘tmoqda.

AQSH Eronni “bo‘g‘ib qo‘yish” taktikasini tanladi — CNN

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyat rasmiylariga Eron bilan muzokaralarni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda CNN AQSh rasmiysiga tayanib xabar berdi.

 

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, Vashington Eron bilan munosabatlarda avvalgi yondashuvini o‘zgartirib,  Tehronni "bo'g'ib qo'yishga" qaratilgan strategiyaga o‘tmoqda.

 

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh bu strategiyadagi o‘zgarish haqida siyosiy ittifoqchilarini ham xabardor qilgan. Tramp muzokaralar guruhiga, jumladan, Jared Kushner, vitse-prezident J. D. Vance va maxsus elchi Stiv Vitkoffga Tehron bilan aloqa qilmaslikni buyurgan.

 

Manbalarga ko‘ra, qarorga Trampning Eron rahbariyati uning talablarini bajarishga tayyor emasligidan noroziligi sabab bo‘lgan. AQSh prezidenti muzokaralarni qayta boshlashdan oldin Tehron o‘zi talab qilayotgan kelishuvga tayyorligini namoyish etishini kutmoqchi.

 

CNN ta’kidlashicha, bu qaror Tramp ilgari Eron bilan muzokaralar yaxshi ketayotgani va yangi kelishuvga erishish imkoniyati mavjudligini bildirgan bayonotlaridan farq qiladi.

 

Tramp esa avvalroq Truth Social tarmog‘ida AQSh Eron bilan muzokara olib bormayotgani va bunday muzokaralarni o‘tkazish rejalashtirilmaganini yozgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.