O'zbekiston

Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi

Olimlar Jizzaxdagi podstansiyada tadqiqot o‘tkazdi.

Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi

Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari va tadqiqotchilari Jizzax magistral elektr tarmoqlari filialining 110/10 kV kuchlanishli “Chilonzor” podstansiyasida tadqiqot olib bordi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti matbuot kotibi xabar berdi.

 

Tadqiqot “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son qonun talablari asosida tashkil etilgan.

 

O‘rganish davomida elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlar darajasi, transformatorlarning yuklanish rejimi, reaktiv quvvat balansi hamda izolyatsiya resursining eskirish ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilindi.

 

Tadqiqot natijasida elektr tarmog‘i samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi. Xususan, reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish orqali quvvat koeffitsiyentini me’yoriy darajaga yaqinlashtirish, SCADA tizimi yordamida masofadan boshqarish va elektr tarmog‘ini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatlarini joriy etish taklif qilindi.

 

Shuningdek, yuklama grafigini optimallashtirish maqsadida iste’mol profilini raqamli modellashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu ilmiy yechimlarni amaliyotga joriy etish texnik yo‘qotishlarni kamaytirish, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish hamda mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.