O'zbekiston

Endi uy-joyni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydimi?

Adliya vazirligi tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Endi uy-joyni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 2027-yildan boshlab uy-joyni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydi, degan xabarlar tarqalmoqda. Adliya vazirligi tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.

 

Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

 

Qarorga ko‘ra, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar muddatli to‘lov operatorlari hisoblanadi. Bunday operatorlar orqali ko‘chmas mulk muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi.

 

Ya’ni vositachi operator orqali uy-joyni “rassrochka”ga olish imkoniyati bo‘lmaydi.

 

Ammo bu quruvchi o‘zi barpo etgan uy-joyni xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sota olmaydi, degani emas.

 

Qarorda sotuvchi tomonidan iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno ekani belgilangan.

 

Shunday qilib, fuqarolar quruvchining o‘zidan uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishlari mumkin. Yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi bunday bevosita savdoni taqiqlamaydi.

 

Shuningdek, 2027-yildan muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va Markaziy bank nazorati ostida faoliyat yuritadi. Ularning shartnomalari, ustama va komissiyalariga nisbatan ham aniq talablar belgilanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi uy-joyni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydimi? | Zamon.uz