Jahon

Hindistondagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'inda 9 nafar xorijlik halok bo'ldi

Hodisa yuzasidan mehmonxona egasiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hindistondagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'inda 9 nafar xorijlik halok bo'ldi

 

Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lib, kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda The Hindu nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 19-avgust kuni kechasi Shikhali mehmonxonasida yuz bergan.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Bangladesh fuqarolari bo‘lib, ular Hindistonga mahalliy tibbiyot muassasalarida davolanish uchun kelgan.

 

Yong‘in oqibatida yana 6 kishi jarohatlangan va ular shifoxonaga yotqizilgan. Ularning fuqaroligi hozircha aniqlanmagan. Mehmonxonadagi yana 15 nafar fuqaro xavfsiz evakuatsiya qilingan.

 

Mahalliy rasmiylar binoda qidiruv va tekshiruv ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar soni oshishi mumkinligini bildirgan.

 

Hodisa yuzasidan mehmonxona egasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va xavfsizlik talablariga rioya qilingan-qilinmagani o‘rganilmoqda.

 

The Hindu nashrining qayd etishicha, ushbu voqea Kalkuttada mehmonxonalarda yong‘in xavfsizligi choralariga rioya etilishi masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Bundan ikki kun avval Tarapitdagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘inda ham 9 kishi halok bo‘lgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindistondagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'inda 9 nafar xorijlik halok bo'ldi | Zamon.uz