O'zbekiston

O‘zbekiston oliygohlarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga 70 ta grant ajratildi

Grantlar bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini qamrab oladi.

O‘zbekiston oliygohlarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga 70 ta grant ajratildi

 

2026/2027 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat oliy ta’lim tashkilotlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun jami 70 ta grant o‘rni ajratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

 

Shundan Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolariga 20 tadan, Mo‘g‘uliston fuqarolariga esa 10 ta grant ajratilgan.

 

Qirg‘iziston fuqarolari uchun 20 ta grant 6 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha beriladi. Ular orasida maktabgacha ta’lim, kompyuter injiniringi, agronomiya, qurilish muhandisligi, suv xo‘jaligi va melioratsiya hamda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlari bor.

 

Qozog‘iston fuqarolari uchun ajratilgan 20 ta grant matematika, iqtisodiyot, tarix, buxgalteriya hisobi, kompyuter injiniringi, telekommunikatsiya texnologiyalari, logistika va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi.

 

Tojikiston fuqarolari uchun grantlar davolash ishi, stomatologiya, logistika, transport vositalari muhandisligi, xalqaro munosabatlar, yurispudensiya, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlangan.

 

Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun esa 10 ta grant, jumladan 4 ta bakalavriat va 6 ta magistratura o‘rni ajratilgan. Grantlar konchilik, veterinariya, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, transport-logistika va xalqaro savdo kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston oliygohlarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga 70 ta grant ajratildi | Zamon.uz