O'zbekiston

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari hamkorlikni kengaytiradi

Balikesirda o‘tkazilgan xalqaro mediaforum doirasida O‘zbekiston va Turkiya media tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari hamkorlikni kengaytiradi

 

Turkiyaning tarixiy shaharlaridan biri — Balikesirda “Madaniyat yo‘nalishidan raqamli kelajakka: madaniyatlar, media va sun’iy intellekt” mavzusida xalqaro mediaforum bo‘lib o‘tdi.

 

Forum doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Turkiyaning media tashkilotlari vakillari o‘rtasida ikki mamlakat jurnalistikasining bugungi holati, zamonaviy media muhitidagi yangi imkoniyat va chaqiriqlar, professional aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Muloqotlarning muhim natijalaridan biri O‘zbekiston va Turkiya media tuzilmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumining imzolanganidir.

 

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi Shuhrat Oripov, Turkiya jurnalistlar federatsiyasi raisi Yilmaz Karaja va Turkiya Internet Media Birligi boshqaruvi raisi Sulaymon Basa tomonidan imzolangan hujjatlar ikki mamlakat jurnalistlari va media tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni tizimli va amaliy asosda rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

 

Xususan, Turkiya Jurnalistlar federatsiyasi bilan hamkorlik doirasida jurnalistlar delegatsiyalari almashinuvi, mahalliy matbuotni rivojlantirish bo‘yicha tajriba o‘rganish, raqamli jurnalistika, sun’iy intellekt va media savodxonlik yo‘nalishlarida qo‘shma seminar va treninglar tashkil etish, jurnalistlarning malakasini oshirish hamda xalqaro mediaforumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, ikki mamlakat jurnalistlari o‘rtasidagi professional tarmoqni kengaytirish va o‘zaro tajriba almashish ham hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

 

Turkiya Jurnalistlar federatsiyasi 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, jurnalistlarning kasbiy manfaatlarini himoya qilish, matbuot va so‘z erkinligi masalalarida jurnalistik hamjamiyatning umumiy pozitsiyasini ifodalash, mahalliy va mintaqaviy matbuotni qo‘llab-quvvatlash hamda professional hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Federatsiya Turkiyaning 81 viloyatidagi jurnalistlar uyushmalarini birlashtiradi.

 

TİMBİR bilan imzolangan memorandum esa hamkorlikning raqamli media yo‘nalishini yanada kengaytirishga qaratilgan. Tashkilot internet jurnalistikasi, raqamli media va onlayn axborot platformalari yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Uning hamkorlik tarmog‘i Turkiyaning 81 viloyati hamda dunyoning 25 mamlakatini qamrab oladi. Tashkilot tarmog‘iga 800 dan ortiq media tashkiloti va 1000 dan ziyod axborot platformasi kiradi.

 

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va TİMBİR o‘rtasidagi hamkorlik doirasida raqamli jurnalistika, internet media, jurnalistlar malakasini oshirish, media savodxonlik, dezinformatsiyaga qarshi kurashish va yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Shuningdek, media xodimlari uchun ta’lim dasturlari, seminar va treninglar tashkil etish, raqamli muhitda axborotning ishonchliligini ta’minlash, jurnalistik etika hamda zamonaviy media texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

 

Balikesirda imzolangan mazkur kelishuvlar O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari o‘rtasidagi professional aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘shma media loyihalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.