O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 7,8 foizga oshdi

Joriy yilning yanvar–iyul oylarida 54,3 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 7,8 foizga oshdi

 

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda 54,3 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 milliard kVt·soat yoki 7,8 foizga ko‘p. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining:

  • 38,9 mlrd kVt·soati — issiqlik elektr stansiyalari;

  • 7,5 mlrd kVt·soati — yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;

  • 5,4 mlrd kVt·soati — gidroelektr stansiyalar;

  • 1,9 mlrd kVt·soati — kichik quvvatli quyosh panellari (Rooftop);

  • 593,7 mln kVt·soati — blok-stansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Hisobot davrida respublika bo‘yicha 52,9 milliard kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilindi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 2,6 milliard kVt·soat yoki 5,2 foizga ko‘p.

 

2026-yil iyul oyida respublikada 8,9 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 920,3 million kVt·soat yoki 11,6 foizga ko‘p.

 

Shu oyda elektr energiyasi iste’moli 8,8 milliard kVt·soatni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich 2025-yil iyul oyiga nisbatan 638,8 million kVt·soat yoki 7,8 foizga yuqori.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.