Jahon

Rossiya ukrainaliklarning o‘z hukumatini tanlash huquqini belgilamasligi kerak — Fedorov

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri urush davom etayotganiga qaramay, mamlakatda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi.

Rossiya ukrainaliklarning o‘z hukumatini tanlash huquqini belgilamasligi kerak — Fedorov

 

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixaylo Fedorov mamlakatda urush davom etayotganiga qaramay, prezidentlik saylovlarini o‘tkazish imkonini beradigan qonuniy va xavfsiz mexanizm ishlab chiqishga chaqirdi. U bu haqda 19-avgust kuni e’lon qilgan videomurojaatida ma’lum qilgan.

 

Fedorovning ta’kidlashicha, Ukraina urush yana bir necha yil davom etgan taqdirda ham fuqarolarning o‘z hukumatini saylash huquqini ta’minlash yo‘lini topishi kerak.

 

“Putinga ukrainaliklar qachon o‘z hukumatini tanlashi mumkinligini hal qilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, — degan Fedorov.

 

U saylovlarni urush sharoitida tashkil etish oson bo‘lmasligini tan olgan. Xususan, frontdagi harbiylar, chet elda yashayotgan millionlab ukrainaliklar hamda jangovar harakatlar davom etayotgan hududlarda yashovchi fuqarolarning ovoz berish huquqini ta’minlash zarurligini qayd etgan. Biroq uning fikricha, bu muammolar saylovlarni o‘tkazishni imkonsiz qilmaydi.

 

Fedorov demokratiya faqat tinchlik davrida amal qiladigan tamoyil emasligini ta’kidlab, Ukraina aynan demokratik va erkin davlat bo‘lib qolish uchun kurashayotganini bildirgan.

 

Uning ushbu bayonoti Vladimir Zelenskiy Yevgeniy Xmara nomzodini Mudofaa vaziri lavozimiga ilgari surganidan bir necha soat o‘tib yangragan. Bu esa Fedorovning hukumatga qaytish ehtimolini kamaytirgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fedorov 2026-yil yanvaridan Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Iyul oyida u lavozimidan ozod etilgan. Shundan so‘ng Zelenskiy unga boshqa yuqori davlat lavozimlarini taklif qilgani, biroq Fedorov Mudofaa vazirligiga qaytish imkoniyati bo‘lmasa, ularni rad etgani aytilmoqda.

 

Fedorovning iste’fosi ortidan Ukrainada uning qayta lavozimga tayinlanishini talab qilgan norozilik namoyishlari ham bo‘lib o‘tgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya ukrainaliklarning o‘z hukumatini tanlash huquqini belgilamasligi kerak — Fedorov | Zamon.uz