Jahon

Rossiyalik biznesmenlar Ukrainaga qarshi urush uchun qariyb 4,5 milliard dollar ajratdi

Bu 2025-yilgi jami tushumdan 1,5 baravar ko‘p.

Rossiyalik biznesmenlar Ukrainaga qarshi urush uchun qariyb 4,5 milliard dollar ajratdi

 

Rossiyalik yirik biznes vakillari tomonidan mamlakat federal budjetiga o‘tkazilgan mablag‘lar 2026-yil avgust o‘rtalariga kelib 383,69 milliard rublga, ya’ni 4,5 milliard dollardan ortiq summaga yetgan. Bu haqda Deutsche Welle Rossiyaning “Elektron budjet” tizimi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yilning dastlabki yetti yarim oyida budjetga tushgan ushbu mablag‘lar 2025-yil davomida qayd etilgan 251,3 milliard rubllik tushumdan 1,5 baravar ko‘p.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘lar Rossiya prezidenti Vladimir Putin yirik biznes vakillarini mamlakat budjetiga “ixtiyoriy badallar” kiritishga chaqirganidan keyin sezilarli darajada oshgan.

 

Putin mart oyida Rossiya biznes vakillari bilan yopiq uchrashuv o‘tkazgan. The Bell nashri manbalariga ko‘ra, ushbu uchrashuvda tadbirkorlarga budjetni qo‘llab-quvvatlash taklif qilingan. Ushbu tashabbusning kelib chiqishida “Rosneft” rahbari Igor Sechin turgani aytiladi.

 

Ikki manbaga ko‘ra, tadbirkor Sulaymon Kerimov uchrashuvning o‘zida budjetga 100 milliard rubl o‘tkazishga va’da bergan. Yana kamida bir nafar biznes vakili aniq summa ko‘rsatmagan holda tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

 

Statistikaga ko‘ra, mart oyidagi uchrashuvgacha nodavlat tashkilotlardan federal budjetga atigi 15,6 milliard rubl tushgan. Aprel oyida esa tushum keskin oshib, 159,7 milliard rublga yetgan. May oyida bu ko‘rsatkich 232,3 milliard, iyunda 294,4 milliard rubl bo‘lgan. Iyul va avgust oyining birinchi yarmida esa mablag‘lar yana qariyb 30 foizga oshib, 383,69 milliard rublni tashkil etgan.

 

Shu tariqa, 2026-yilda Rossiya budjetiga yirik biznes va nodavlat tashkilotlardan kelib tushgan “ixtiyoriy badallar” hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada oshgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.