O'zbekiston

Toshkent aeroportida kannabis moyini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Yana bir holatda Toshkent tumanida harakatlanayotgan “Damas”dan 12 992 dona “Sibutramin” moddasi bo‘lgan kofe mahsuloti aniqlangan.

Toshkent aeroportida kannabis moyini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda tarkibida psixofaol hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarning noqonuniy olib kirilishi va muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Toshkent xalqaro aeroportida “Bangkok – Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan fuqaroning yuklari rentgen apparati orqali tekshirilganda, shubhali oziq-ovqat mahsulotlari aniqlangan.

 

Tekshiruv davomida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs turli oziq-ovqat mahsulotlari niqobi ostida 978 gramm kannabis moyi hamda tarkibida psixofaol modda bo‘lgan, umumiy og‘irligi taxminan 500 grammni tashkil etuvchi qo‘ziqorinlarni kelgusida sotish maqsadida olib kelgani aniqlangan.

 

Yana bir holatda Toshkent tumani hududida harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

 

Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Uchko‘prik tumanlarida yashovchi, 1987 va 1989-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxsga tegishli polietilen paketlarda tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 12 992 dona kofe mahsuloti borligi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Aniqlanishicha, mazkur mahsulotlar qo‘shni respublikadan olib kelingan bo‘lib, ularni Farg‘ona viloyatida sotish rejalashtirilgan.

 

Har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportida kannabis moyini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi | Zamon.uz