O'zbekiston

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

Hodisa joyidan qochgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

 

Toshkent viloyatida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ota va uning o‘g‘li halok bo‘lgan, ayol shifoxonaga yotqizilgan.

 

Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi ma’lum qilishicha, hodisa 2026-yil 15-avgust kuni soat 09:30 da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1997-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi quvib o‘tish manyovrini amalga oshirayotgan vaqtda oldinda harakatlanayotgan Spark haydovchisini o‘tkazib yuborish choralarini ko‘rmagan.

 

Natijada Cobalt Spark avtomobilini qatnov qismidan chiqarib yuborgan. Shundan so‘ng Cobalt haydovchisi hodisa joyidan ketib qolgan.

 

Millarning malum qilishicha, YTH oqibatida Spark avtomobilida bo‘lgan 1987 va 2021-yilda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Ayol haydovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.

 

Shu kunning o‘zida Cobalt haydovchisining shaxsi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tergov organlarining yakuniy xulosasiga ko‘ra, jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi | Zamon.uz