O'zbekiston

Toshkentda kredit qarzi sabab mashina xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning bankdan 10 mln qarzi bo‘lgan.

Toshkentda kredit qarzi sabab mashina xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2025 yil 9 dekabrdagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor O.I.dan undiruvchi bank foydasiga 10 million 13 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgach, uning ijrosini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda zarur ijro harakatlari amalga oshirildi.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdor O.I.ga tegishli bo‘lgan “HONGQI” rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, belgilangan tartibda xatlandi.

 

Ushbu chora qarzdorlikni undirish, sud hujjatining ijrosini taʼminlash hamda undiruvchining qonuniy talablarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshirildi.

 

Taʼkidlash joizki, sud hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlashning muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Shu bois qarzdorlarning ijro hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarishi eng maqbul yechimdir.

 

Qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.