Jahon

Yevropa dengizlari rekord darajada isimoqda

Olimlar Yevropa atrofidagi dengizlarda kuzatilayotgan haroratning asosiy sababi inson faoliyati natijasidagi iqlim o‘zgarishi ekanini ma’lum qildi.

Yevropa dengizlari rekord darajada isimoqda


 
2026-yil iyul oyida O‘rta yer dengizining o‘rtacha harorati 27 darajaga yetib, iyul oylari uchun tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Avgust boshida esa Ispaniyaning Mallorca oroli yaqinidagi ochiq dengizda suv harorati 33 darajagacha ko‘tarilgan.


World Weather Attribution (WWA) guruhi tahliliga ko‘ra, inson faoliyati bilan bog‘liq iqlim o‘zgarishi O‘rta yer dengizidagi haroratni taxminan 2 darajaga, G‘arbiy Yevropa dengizlaridagi haroratni esa 1,4 darajaga oshirgan.


Olimlar O‘rta yer dengizining sharqiy va g‘arbiy qismlari, shuningdek, Biskay qo‘ltig‘i va Iberiya qirg‘oqlarida qayd etilgan eng yuqori haroratlar inson sabab bo‘lgan global isishsiz deyarli yuzaga kelishi mumkin emas edi, degan xulosaga kelgan.


Dengizdagi issiqlik to‘lqinlari ham keng hududni qamrab olgan. Tahlilga ko‘ra, hozir Biskay qo‘ltig‘ining qariyb 90 foizi va G‘arbiy O‘rta yer dengizining 80 foizi dengizdagi issiqlik to‘lqini sharoitida qolmoqda. Global isish bo‘lmaganida bu ko‘rsatkich taxminan 40 foiz atrofida bo‘lishi kutilardi.


Mutaxassislar bunday harorat dengiz ekotizimlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlagan. Issiqlik ayrim dengiz jonivorlarining ommaviy nobud bo‘lishiga, oziq zanjirlarining buzilishiga va ayrim turlarning salqinroq hududlarga ko‘chishiga sabab bo‘lmoqda.


Bundan tashqari, issiq dengizlar qirg‘oqbo‘yi hududlarida namlik va tungi haroratning oshishiga, yilning keyingi davrlarida esa kuchliroq bo‘ronlar shakllanishiga sharoit yaratishi mumkin.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.