Jahon

AQShning davlat qarzi tarixda ilk bor 40 trillion dollardan oshdi

Mamlakatning qonuniy qarz limiti 41,103 trillion dollar etib belgilangan.

AQShning davlat qarzi tarixda ilk bor 40 trillion dollardan oshdi

 

AQSh Moliya vazirligining 18-avgust holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning jami davlat qarzi 40,047 trillion dollarga yetgan.

 

Ushbu qarzning:

  • 32,265 trillion dollardan ortiq qismi jismoniy shaxslar va tashkilotlar oldidagi majburiyatlardan;

  • 7,781 trillion dollardan ortiq qismi esa hukumat ichidagi qarzlardan iborat.

 

AQShning milliy qarzi federal hukumatning budjet taqchilligini qoplash uchun qarz mablag‘larini jalb qilishi natijasida shakllanadi. Mamlakat banklar, investorlar, xorijiy kreditorlar va suveren boylik fondlari kabi kreditorlar oldida majburiyatlarga ega.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning davlat qarzi 2017-yildan buyon ikki baravardan ko‘proqqa oshgan. Donald Tramp prezidentligi davrida qarz qariyb 12 trillion dollarga, Jo Baydenning to‘rt yillik prezidentligi davrida esa 8 trillion dollardan ortiq miqdorga oshgan.

 

Mutaxassislar qarzning sezilarli darajada o‘sishini koronavirus pandemiyasi davridagi favqulodda xarajatlar, soliq tushumlarining kamayishi hamda ijtimoiy dasturlarga ajratiladigan mablag‘larning ko‘payishi bilan bog‘lamoqda.

 

Hozirda AQSh har yili faqat davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlariga 1,1 trillion dollar sarflayotgani qayd etilgan. Iqtisodchilar qarzning yuqori sur’atlarda o‘sishi inflyatsiyani tezlashtirishi va boshqa davlat dasturlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini qisqartirishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

 

Peter J. Peterson jamg‘armasi raisi va bosh direktori Maykl Petersonning ta’kidlashicha, 40 trillion dollarlik davlat qarzi AQSh uchun juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning fikricha, qarzning ortishi Vashingtondagi har ikki partiyaning yillar davomida olib borgan fiskal siyosati, shuningdek, aholining qarishi bilan ham bog‘liq.

 

Petersonning qayd etishicha, AQShda har kuni taxminan 10 ming kishi 65 yoshga to‘ladi. Ularning nafaqaga chiqishi, ijtimoiy ta’minot to‘lovlarini ola boshlashi, shuningdek, aholining uzoqroq umr ko‘rishi va sog‘liqni saqlash xarajatlarining yuqoriligi davlat xarajatlarining oshishiga olib kelmoqda.

 

Shu bilan birga, AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning qonuniy davlat qarzi limiti 41,103 trillion dollar etib belgilangan. Hozirgi qarz miqdori ushbu chegaradan pastligicha qolmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.