O'zbekiston

Doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun vaqtincha boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun vaqtincha boshpana, tibbiy yordam, hujjatlarni tiklash va ishga joylashishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi yagona tartib joriy etildi.

Doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun vaqtincha boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

 

O‘zbekistonda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha boshpana va zarur ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlashning yagona tartibi belgilandi. Tegishli tartib Vazirlar Mahkamasining 18-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.

 

Unga ko‘ra, bunday shaxslar Vaqtincha boshpana va ijtimoiy moslashuv markazlariga joylashtiriladi. Markazlarga fuqarolarning o‘zi murojaat qilishi, shuningdek, mahalla, ichki ishlar organlari yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan aniqlangan shaxslar haqida ma’lumot taqdim etilishi mumkin.

 

Markazlarda shaxslarga vaqtincha boshpana va zarur maishiy sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, zarurat bo‘lganda davolanishga yo‘naltiriladi hamda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni rasmiylashtirishda ko‘mak ko‘rsatiladi.

 

Bundan tashqari, pasport yoki ID-karta kabi hujjatlarni tiklash, qarindoshlarini aniqlash, ishga joylashish va ayrim hollarda uy-joy masalasini hal etishga ko‘maklashish ham nazarda tutilgan.

 

Shaxs markazga joylashtirilgach, uning ma’lumotlari tegishli axborot tizimlariga kiritiladi. Ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan uning holati o‘rganilib, zarur yordam choralarini belgilovchi individual ijtimoiy moslashuv rejasi ishlab chiqiladi.

 

Qarorga muvofiq, shaxs dastlab markazga 20 kungacha muddatga joylashtirilishi mumkin. Zarurat bo‘lganda, uning markazda qolish muddati qonunchilikda belgilangan tartibda uzaytiriladi.

 

Shuningdek, ijtimoiy moslashtirish jarayonini monitoring qilish, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish hamda mas’ul xodimlarning javobgarligini belgilash mexanizmlari joriy etiladi.

 

Mazkur tartib muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni aniqlashdan boshlab, ularni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash, zarur tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mustaqil hayotga qaytishiga ko‘maklashish jarayonlarini yagona tizim asosida tashkil etishga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.