O'zbekistonda talabalar uchun darslar 7-sentyabrdan boshlanadi
Talabalar va o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yili sanalari e’lon qilindi.

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari bosqichlar kesimida quyidagicha belgilandi:
-
1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
-
2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan.








