O'zbekiston

OTMga kirishda 234 mingga yaqin abituriyent minimal ballni to‘play olmadi

Bu jami abituriyentlarning 37,54 foizini tashkil etadi.

OTMga kirishda 234 mingga yaqin abituriyent minimal ballni to‘play olmadi

 

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga hujjat topshirgan 677,9 ming nafar abituriyentning 233 935 nafari kirish uchun belgilangan minimal ball — 56,7 ballni to‘play olmagan.

 

Bu jami abituriyentlarning 37,54 foizini tashkil etadi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

 

Oliy ta’limga kirish uchun minimal talab etiladigan ko‘rsatkich maksimal ballning 30 foiziga teng. 56,7 balldan past natija qayd etgan abituriyentlar ulushi so‘nggi yillarda kamayib bormoqda:

  • 2023/2024-o‘quv yili — 46 foiz;

  • 2024/2025-o‘quv yili — 43 foiz;

  • 2025/2026-o‘quv yili — 41 foiz;

  • 2026/2027-o‘quv yili — 37,54 foiz.

 

Sardor Rajabovning ta’kidlashicha, mazkur ko‘rsatkichning pasayishi abituriyentlarning bilim darajasi va test natijalari yaxshilanayotganidan dalolat beradi.

 

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda davlat OTMlari bakalavriatiga hujjat topshirayotganlar soni ham kamaygan.

 

2026-yilda davlat OTMlari bakalavriatiga 677,9 ming nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Avvalgi yillarda esa bu ko‘rsatkich bir milliondan ortiq bo‘lgan:

  • 2019-yil — 1 066 925 nafar;

  • 2020-yil — 1 484 085 nafar;

  • 2021-yil — 948 211 nafar;

  • 2022-yil — 1 214 232 nafar;

  • 2023-yil — 1 018 007 nafar;

  • 2024-yil — 894 279 nafar;

  • 2025-yil — 732 411 nafar;

  • 2026-yil — 677 900 nafarga yaqin.

 

Shunday qilib, 2026-yilda OTMga hujjat topshirganlar soni 2023-yilga nisbatan qariyb 340 ming nafarga yoki 33 foizga kamaygan.

 

Abituriyentlar sonining qisqarishiga sirtdan ta’lim shakliga qabulning to‘xtatilishi ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.