O'zbekiston

O‘zbekiston ikkinchi AES qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Prezident elektr energiyasini kafolatli yetkazib berish va uning tannarxini kamaytirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston ikkinchi AES qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

 

O‘zbekistonda ikkinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Xorazm viloyatida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilayotganini ta’kidlab, O‘zbekistonda ikkinchi atom elektr stansiyasi bo‘yicha ham katta tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirgan.

 

Prezident elektr energiyasi bilan kafolatli ta’minlash va uning tannarxini kamaytirish mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini amalga oshirishdagi muhim vazifalardan ekanini qayd etgan.

 

“Yaqinda ikkinchi stansiya bo‘yicha ham katta tayyorgarlik qilyapmiz”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlat rahbari investitsiyalarni jalb qilish, elektr energiyasini kafolatli yetkazib berish hamda uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish lozimligini ta’kidlagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.