Jahon

Portugaliyada “burqa qonuni” kuchga kirdi

Mamlakatda jamoat joylarida yuzni yopib yurish taqiqlandi.

Portugaliyada “burqa qonuni” kuchga kirdi

 

Portugaliya prezidenti Antonio Jose Seguro jamoat joylarida yuzni yashirishga qaratilgan kiyimlarni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda European Pravda nashri Euractiv ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Mahalliy OAV tomonidan “burqa qonuni” deb atalgan hujjat iyul oyida parlament tomonidan o‘ng qanot hukmron koalitsiyasi va o‘ta o‘ng qanot vakillarining qo‘llab-quvvatlashi bilan ma’qullangan. Chap qanot partiyalari esa qonunga qarshi ovoz bergan.

 

Qonunga ko‘ra, jamoat joylarida yuzni yashirish yoki shaxsni aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, shaxsni jinsi, dini, yoshi yoki kelib chiqishiga bog‘liq sabablarga ko‘ra yuzini yopishga majburlash ham taqiqlangan.

 

Prezident Seguro yuz insonning shaxsiyati va muloqotining muhim qismi ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u mazkur masala ijtimoiy va madaniy jihatdan nozik ekanini qayd etgan.

 

Qoidani buzganlar 150 yevrodan 3 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

 

Qonunda ayrim istisnolar ham nazarda tutilgan. Jumladan, tibbiy, kasbiy, badiiy yoki ob-havo bilan bog‘liq zaruratlar, shuningdek, diniy ibodat joylari, diplomatik vakolatxonalar va samolyot bortidagi holatlar bundan mustasno.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.