Jahon

Qozog‘istonda xavfli isitma: kasallanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Turkiston viloyatida kanalar chaqishi oqibatida xavfli isitma qayd etilmoqda.

Qozog‘istonda xavfli isitma: kasallanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor

 

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yil boshidan buyon Qrim-Kongo gemorragik isitmasining 8 ta holati qayd etildi. Kasallanganlar orasida qovun dalalarida ishlash yoki dam olish vaqtida kana chaqqan O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

 

Bu haqda Turkiston viloyati Sanitariya-epidemiologik nazorat boshqarmasi rahbari Nurbek Nishanov “Otyrar” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qayd etilgan 8 ta holatning 6 tasi chorva mollariga qarash yoki ular bilan aloqada bo‘lish, yana bir holat esa hovlida o‘t o‘rish vaqtida kana chaqishi bilan bog‘liq.

 

Yil boshidan buyon hududda 35 mingdan ortiq namuna tekshirilgan va 55 ta kanada Qrim-Kongo gemorragik isitmasi qo‘zg‘atuvchisi aniqlangan.

 

Turkiston viloyati mazkur infeksiya bo‘yicha endemik hudud hisoblanadi. Kasallik, odatda, bahor va yoz oylarida kanalar faolligi oshishi bilan ko‘proq uchraydi.

 

Mutaxassislar chorva mollari bilan ishlashda yoki tabiat qo‘ynida bo‘lganda himoya kiyimlaridan foydalanish, tanani muntazam ravishda kana bor-yo‘qligiga tekshirish va kana chaqqan holatda tibbiy yordamga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.