Jahon

Rossiyada o'zbekistonlik haydovchi 5 yilga qamaldi

18 yoshli taksi haydovchisi yo‘lovchini beysbol tayoqchasi bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Rossiyada o'zbekistonlik haydovchi 5 yilga qamaldi

 

Rossiyaning Vladivostok shahrida yo‘lovchini beysbol tayoqchasi bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan O‘zbekiston fuqarosiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Glavnye Novosti” xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 2025-yil noyabr oyida sodir bo‘lgan. 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosi taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. U yo‘lovchi bilan janjallashib qolganidan so‘ng avtomobil yukxonasidan beysbol tayoqchasini olib, erkakning bosh qismiga kamida uch marta zarba bergan.

 

Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari, jumladan, ochiq bosh miya jarohatini olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hodisadan keyin haydovchi Primorye o‘lkasidan qochib ketgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uni Kemerovo viloyatida qo‘lga olib, Vladivostokka qaytargan.

 

Sud O‘zbekiston fuqarosini qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishda aybdor deb topib, umumiy tartibli koloniyada 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

 

Shuningdek, sudlanuvchi jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 1 million rubl miqdorida tovon puli to‘lashi belgilangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.