O'zbekiston

Toshkent va Farg‘onada “Umra”ga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Tegishli litsenziyasi bo‘lmagan shaxs 3 kishini “Umra”ga yuborish evaziga 3 450 dollar, yana bir shaxs 4 kishini yuborish uchun 4 200 dollar talab qilgan.

Toshkent va Farg‘onada “Umra”ga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

 

Toshkent shahri va Farg‘ona shahrida fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

 

Toshkent shahrida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, o‘zini “Umra” ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turistik firmaning vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Umra” safariga yuborish hamda ziyorat amallarini to‘liq bajarishlarini ta’minlash evaziga 3 450 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3 400 AQSH dollari va 600 ming so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Farg‘ona shahrida aniqlangan boshqa holatda esa 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro tanishlari orqali 4 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishni va’da qilib, buning evaziga jami 4 200 AQSH dollari talab qilgan. So‘ralgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida uning noqonuniy faoliyatiga DXX va IIB xodimlari tomonidan chek qo‘yilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan har ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent va Farg‘onada “Umra”ga yuborishni va’da qilganlar ushlandi | Zamon.uz