O'zbekiston

Toshkentda “Yashil to‘lqin”ning yangi qismi ishga tushirildi

Amir Temur maydonidagi 5 ta svetofor yagona algoritm asosida ishlay boshladi.

Toshkentda “Yashil to‘lqin”ning yangi qismi ishga tushirildi

 

Toshkent shahridagi Amir Temur maydoni va unga tutash ko‘chalarda transport harakatini muvofiqlashtirishga qaratilgan “Yashil to‘lqin” svetofor tizimining yangi qismi ishga tushirildi.

 

Markaziy yo‘l harakatini boshqarish markazi ma’lumotiga ko‘ra, hududdagi 5 ta svetofor yagona algoritm asosida sinxronlashtirilgan. Tizim ikki yo‘nalish bo‘yicha harakatni muvofiqlashtirib, transport vositalarining ortiqcha to‘xtashlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Endilikda haydovchi belgilangan tezlik rejimiga rioya qilgan holda yashil chiroqda harakatni boshlasa, Amir Temur maydonidagi aylanma yo‘l bo‘ylab keyingi svetoforlarga yashil signal vaqtida yetib borishi mumkin.

 

Tizim, xususan, Amir Temur va Buxoro ko‘chalari kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Oloy bozori yo‘nalishida, shuningdek, teskari yo‘nalishda harakatlanishni muvofiqlashtiradi.

 

“Yashil to‘lqin”ning ishlash prinsipi svetoforlarning barchasi bir vaqtda yashil chiroq yoqishiga emas, balki transport vositasining belgilangan masofani bosib o‘tish vaqtini hisobga olgan holda svetofor signallarini ketma-ket muvofiqlashtirishga asoslangan.

 

Tizimdan samarali foydalanish uchun haydovchilarga:

  • harakatni yashil signalda boshlash;

  • belgilangan tezlikni saqlash;

  • keskin tezlashish va tormozlashdan saqlanish;

  • xavfsiz masofani saqlash;

  • svetofor signallariga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi.

 

“Yashil to‘lqin” tezlikni oshirish uchun emas, balki transport oqimini bir maromda va xavfsiz tashkil etish uchun joriy etilgan.

 

Yangi tizim natijasida svetoforlar oldidagi ortiqcha to‘xtashlar, tirbandlik va kutish vaqtini kamaytirish, transport harakatini silliqlashtirish, shuningdek, yoqilg‘i sarfi va zararli chiqindilarni qisqartirish kutilmoqda.

 

Ayni paytda Amir Temur aylanma yo‘li va Mahtumquli ko‘chasi o‘rtasidagi yo‘nalishni “Yashil to‘lqin” tizimiga ulash algoritmi ishlab chiqilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.