O'zbekiston

UzQR olish endi onlayn amalga oshiriladi

Tadbirkorlar endi QR-kodni bankka bormasdan, Biznes 24/7 ilovasi orqali olish mumkin.

UzQR olish endi onlayn amalga oshiriladi

 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tadbirkorlar uchun UzQR olish jarayonini raqamlashtirdi. Endilikda tadbirkorlar QR-kod olish uchun bank ofisiga borishi shart emas. Barcha jarayonni masofadan turib Biznes 24/7 ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.

 

Yangi xizmat tadbirkorlarga vaqtni tejash, to‘lovlarni qabul qilish jarayonini soddalashtirish va savdo nuqtalarida naqd pulsiz hisob-kitoblarni qulay tashkil etish imkonini beradi.

 

Yagona UzQR — turli to‘lovlar uchun yagona yechim

Tadbirkor bitta UzQR orqali turli banklar va to‘lov ilovalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilishi mumkin. Bu bir nechta QR-kod yoki qo‘shimcha qurilmalardan foydalanish zaruratini kamaytiradi.

 

QR orqali amalga oshirilgan to‘lovlar tadbirkorning bank hisobvarag‘iga kelib tushadi. Barcha operatsiyalarni yagona platforma orqali kuzatib borish mumkin. Natijada to‘lovlarni qabul qilish jarayoni soddalashib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezlashadi.

 

Mijozlar uchun ham qulay

UzQR orqali xaridorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan bank yoki to‘lov ilovasi yordamida to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Bu naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada qulaylashtirib, to‘lov jarayonini tezlashtiradi.

 

UzQR’ni qanday olish mumkin?

Tadbirkorlar Biznes 24/7 ilovasi orqali quyidagi ketma-ketlikda UzQR olishlari mumkin:

Yagona QR → Ariza yuborish → Ariza holatini kuzatish → QR-kodni shakllantirish → Yuklab olish

 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tadbirkorlar uchun raqamli xizmatlarni rivojlantirish va bank xizmatlaridan foydalanish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan yangi yechimlarni joriy etishda davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.