O'zbekiston

Andijonda fuqaro qariyb 2 kg “gashish” bilan qo'lga tushdi

U narkokuryerlar tomonidan dala maydonidagi xufiy joyga qoldirilgan moddani qarindoshi orqali qabul qilib olgan vaqtida ushlangan.

Andijonda fuqaro qariyb 2 kg “gashish” bilan qo'lga tushdi

 

Andijon viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1 kilogramm 986 gramm “gashish” moddasi musodara qilindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida 1993-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro muqaddam narkokuryerlar tomonidan dala maydonidagi xufiy joyga qoldirib ketilgan “gashish” moddasini qarindoshi orqali qabul qilib olgan vaqtida ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"