Jahon

AQSh Eronga qarshi “tarixdagi eng qattiq sanksiyalar”ni joriy etishini ma’lum qildi

Sanksiyalar tafsilotlari kelasi hafta e’lon qilinadi.

AQSh Eronga qarshi “tarixdagi eng qattiq sanksiyalar”ni joriy etishini ma’lum qildi

 

AQSh Moliya vaziri Skott Bessent Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi «tarixdagi eng qattiq sanksiyalar»ni joriy etishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Bessentning aytishicha, yangi choralar Eronga nisbatan keng ko‘lamli harbiy operatsiyalarga ehtiyojni kamaytirishga qaratilgan. Vazir sanksiyalarning tafsilotlari kelasi hafta e’lon qilinishini bildirgan.

 

Uning ta’kidlashicha, AQSh Eronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan birga blokadani ham qo‘llamoqda. Bessent ittifoqchilar va boshqa davlatlarni ham bu borada qaror qabul qilishga chaqirgan.

 

AQSh Moliya vaziridan Xitoyning Eron bilan biznes aloqalari sabab Pekinga qarshi choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida so‘ralgan. Bessent bu masaladagi ko‘plab muzokaralarni shaxsiy tartibda olib borish ma’qul ekanini aytgan.

 

Bessentning bayonoti AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni izolyatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli iqtisodiy operatsiya boshlanganini ma’lum qilganidan keyin yangragan.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.