O'zbekiston

Dori, sigaret, telefon va qurilish buyumlari: qalbaki hujjatlar asosidagi yuk ushlandi

Holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dori, sigaret, telefon va qurilish buyumlari: qalbaki hujjatlar asosidagi yuk ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida mamlakat hududiga qalbaki bojxona hujjatlari asosida noqonuniy olib kirilgan tovar-moddiy boyliklar aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Tadbir davomida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi bojxona omborida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

 

Tekshiruv natijasida tranzit deklaratsiyasi va yo‘l kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 2 490 dona tibbiy buyum, 13 794 quti dori vositasi, 880 dona biologik faol qo‘shimcha, 273 370 quti sigaret va tamaki mahsuloti, 3 131 dona elektron sigareta, 8 591 dona uyali telefon, 19 dona planshet, 52 dona parfyumeriya mahsuloti borligi aniqlangan.

 

Shuningdek, hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdori va boshqa xususiyatlari amaldagi holatiga mos kelmagan 72 501 dona qurilish asbob-uskunasi ham aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtotransport vositasi egasi Toshkent shahrida yashovchi 1978 va 1995-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bilan til biriktirib, mazkur tovarlarni qalbaki bojxona hujjatlari asosida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga olib kirgan.

 

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.