O'zbekiston

O'zbekistonda podyezdlarga konditsioner o‘rnatish taqiqlanadi

Yangi qoidalar 2026-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi.

O'zbekistonda podyezdlarga konditsioner o‘rnatish taqiqlanadi

 

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga yangi o‘zgartirishlar kiritildi. Tegishli hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

 

Yangi talablarga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarning kirish joylariga isitish va sovutish uskunalarini, jumladan, konditsionerlarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar fasadlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish muddatlari belgilandi. Jumladan, yoriqlar, qoplama va suvoqning shikastlanishi, namlik izlari hamda boshqa nuqsonlar bir oy ichida bartaraf etilishi kerak.

 

Podvallardagi asosiy isitish tarmoqlarida nosozlik aniqlangan taqdirda, bu haqda issiqlik ta’minoti tashkilotiga xabar berilishi va mutaxassislarning ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi uchun ularga kirish imkoniyati yaratilishi lozim.

 

Liftlardan foydalanish bo‘yicha ham yangi talablar joriy etiladi. Lift kabinalarida uning yuk ko‘tarish qobiliyati, yo‘lovchilarning ruxsat etilgan soni, “Xavfsiz lift” elektron tizimidagi ro‘yxatdan o‘tgan raqami, davriy texnik ko‘riklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi yoki avariya xizmati tashkilotining telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.

 

Bundan tashqari, lift shaxtalari, mashina xonalari va kirish joylari toza hamda yoritilgan holatda saqlanishi belgilangan.

 

Yangi qoidalar 2026-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O'zbekistonda podyezdlarga konditsioner o‘rnatish taqiqlanadi | Zamon.uz