O'zbekistonning yettita viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
Kutilayotgan yomg‘irlar sabab tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqinlari hamda ayrim joylarda suv to‘planishi ehtimoli mavjud.

22–23-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, xavf quyidagi hududlarga taalluqli:
-
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
-
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;
-
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
-
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
-
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
-
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
-
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlarining to‘planishi natijasida suv bosishi ehtimoli mavjud.
Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.








