Jahon

Peruda 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Peruda 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Peruning Ayakucho mintaqasida 7,2 magnitudali zilzila qayd etildi. Peru Milliy seysmologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da sodir bo‘lgan. Epitsentr Korakora shahridan 35 kilometr shimolda, 108 kilometr chuqurlikda joylashgan.

 

Germaniya Geologiya fanlari tadqiqot markazi zilzila magnitudasini 6,6, Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi va AQSh Geologik xizmati esa 6,7 deb baholagan. Peru Geofizika instituti esa magnitudani 7,2 deb qayd etgan.

 

Zilzila mamlakatning bir qator hududlarida, jumladan, Lima shahrida ham sezilgan. Korakorada evakuatsiya vaqtida ikki kishi jarohatlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22 ta uy, 6 ta tibbiyot muassasasi va 1 ta maktab zarar ko‘rgan. Shuningdek, hududda tosh qulashi kuzatilgan. Hozircha jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot berilmagan.

 

Zilziladan so‘ng sunami xavfi e’lon qilinmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.