Jahon

Qirg‘izistonda Telegram boshqa xorijiy servislar bloklanishi mumkin

Bunga kompaniyalarning mamlakatdagi soliq ro‘yxatidan o‘tmagani sabab bo‘lmoqda.

Qirg‘izistonda Telegram boshqa xorijiy servislar bloklanishi mumkin

 

Qirg‘iziston Davlat soliq xizmati mamlakat rezidentlariga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi, biroq majburiy soliq ro‘yxatidan o‘tmagan xorijiy kompaniyalarga nisbatan cheklovlar qo‘llanishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

Soliq xizmatiga ko‘ra, Qirg‘iziston rezidentlariga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar soliq organida majburiy ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli soliq majburiyatlarini bajarishi kerak.

 

Elektron xizmatlar qatoriga dasturiy ta’minot, onlayn o‘yinlar, internet-reklama, xosting, ma’lumotlarni saqlash, raqamli kontentdan foydalanish imkonini berish va boshqa shu kabi xizmatlar kiradi.

 

Hozirga qadar 73 ta xorijiy kompaniya soliq ro‘yxatidan o‘tgan. Shu bilan birga, Qirg‘iziston rezidentlaridan katta miqdorda daromad olayotgan, biroq majburiy ro‘yxatdan o‘tmagan xorijiy kompaniyalar ham aniqlangan.

 

Davlat soliq xizmati tijorat banklari bilan hamkorlikda pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilib, katta moliyaviy aylanmaga ega 11 ta xorijiy kompaniyani aniqlagan. Ular orasida Alibaba Group Holding Limited (1688), Pinduoduo, Twitch, Microsoft, Valve, Sony Interactive Entertainment, Epic Games, Electronic Arts, VK, Telegram va Dropbox bor.

 

2024–2025-yillar davomida ushbu kompaniyalarga Qirg‘iziston rezidentlaridan 15,9 millionga yaqin pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan. Ularning umumiy qiymati 13,2 milliard so‘mdan oshgan.

 

Eng katta pul oqimi Shanghai Xunmeng Information Technology Co., Ltd. (Pinduoduo) — 8,89 milliard so‘m, Alibaba Group Holding Limited (1688) — 2,83 milliard so‘m va Microsoft — 1,01 milliard so‘m hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Davlat soliq xizmati mazkur kompaniyalarga soliq ro‘yxatidan o‘tish va soliq majburiyatlarini bajarish tartibini tushuntiruvchi rasmiy xatlar yuborgan. Shuningdek, tegishli murojaatlar diplomatik kanallar orqali Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi orqali ham yuborilgan.

 

Biroq soliq xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha kompaniyalardan javob olinmagan va ular soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Soliq majburiyatlarini bajarmaslik davom etsa, vakolatli organlarga mazkur kompaniyalarning Qirg‘iziston hududidagi elektron xizmatlariga kirishni cheklash bo‘yicha so‘rov yuborilishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda Telegram boshqa xorijiy servislar bloklanishi mumkin | Zamon.uz